OLIS QISHLOQ AHLI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TYAPTI

Tuman markazidan olis hududda Orzigul qishlog‘i bor. Totkent mahallasi tasarrufidagi bu qishloqda 94 ta xonadonda 394 nafar fuqaro istiqomat qiladi.

Tuman hokimligi tashabbusi bilan ushbu qishloq ahli uchun  tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari joyiga borib, fuqarolarni ko‘rikdan o‘tkazishmoqda.

Tibbiy ko‘rik jarayoni hamda fuqarolar muammolarini o‘rganish maqsadida tuman hokimi va prokuror Orzigul qishlog‘ida bo‘ldilar.

Tibbiy ko‘rik aynan qishloqda o‘tkazilayotganidan mahalliy aholi juda mamnun.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM