TASHABBUSKOR XODIMLAR “YASHIL MAKON” HARAKATIDA ISHTIROK ETISHMOQDA

"Yashil makon" umummilliy harakat doirasida yirik ishlab chiqarish korxonalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlari ham tashabbus ko‘rsatib ko‘chat ekish ommaviy tadbirlarida ishtirok etishmoqda.

Ayni paytda "Oqtosh don" AJ hamda Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasi, “Maroqand sifat” MCHJ negizidagi tekstel fabrikasi va “Samarqand silk AO” MCHJga qarashli pillani qayta ishlash sexi, Milliy gvardiyaning tuman qo‘riqlash xizmati, Yoshlar ishlari agentligi vakillari ko‘kalamzorlashtirish ishlarida jonbozlik ko‘rsatishyapti.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM