DOLZARB 40 KUN

Tuman hokimi prokuror hamrohligida Naqshbandiya jomeʼ masjidida bo‘ldi. Tumandagi mavjud 18 ta jomeʼ masjidlari imom-xatiblari va tegishli tashkilot rahbarlari bilan o‘tkazilgan suhbat davomida hududlarni obodonlashtirish, qaytadan tiklanayotgan masjidlarda qurilish talablariga amal qilish yuzasidan so‘z yuritildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilinganligi sabab aholi xonadonlarida mevali, manzarali daraxt ko‘chatlari ekishni tashkil etish, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga fuqarolarni jalb qilish hamda qadamjo va qabristonlarni alohida tartibga keltirish borasida takliflar ilgari surildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM