MAQSAD TAʼLIM SIFATINI OSHIRISH

17-umumiy o‘rta taʼlim maktabida taʼlim muassasalarida taʼlim sifat-samaradorligini oshirish, milliy reyting tizimi hamda PISA xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish  bo‘yicha va pedagog kadrlarni attestatsiyaga jalb qilish yuzasidan o‘quv amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda umumtaʼlim maktablari direktorlari,  ularning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.

Seminarda tuman hokimi Sherzod Rahmonov, taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i G‘ayrat Boboxolovlar taʼlim sifatini oshirish borasida tavsiyalar berib o‘tdi. Shu kabi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan umumtaʼlim maktablari reytingi eʼlon qilinganda kuchli o‘nlikdan tumandagi 6-umumtaʼlim maktabi ham o‘rin olganligini mamnuniyat bilan taʼkidlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM