TIBBIYOT XODIMLARIGA BAYRAM TABRIGI

Inson sog‘lig‘ini asrash va mustahkamlashdek olijanob ishga o‘z hayotini bag‘ishlagan siz, azizlarni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan "Tibbiyot xodimlari kuni" munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Biz sizlarning timsolingizda xalq salomatligi yo‘lida o‘z halovatidan kechib, kunni tunga ulab, fidokorona mehnat qilayotgan sharafli kasb egalarini ko‘ramiz.

Jahon tibbiyot ilmining asoschilaridan biri, buyuk alloma Abu Ali ibn Sino bobomiz aytganlaridek, “Tibbiyotning asosiy vazifasi inson sog‘lig‘ini saqlash, agar kasallik paydo bo‘lgan bo‘lsa, bu kasallikni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash va ularni yo‘qotish orqali sog‘likni tiklashdan iborat” degan so‘zlari mashaqqatli va ezgu faoliyatingizga berilgan haqqoniy bahodir.

Aziz soha fidoiylari, sizlarga mustahkam sog‘lik, oilalaringizga tinchlik, omonlik, el-yurtimiz sogʻligʻini saqlashdek sharafli ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman.

Sherzod Rahmonov
Narpay tumani hokimi

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM