“KO‘K OTA” UZUMCHILIKKA “OQ OLTIN”

 Issiqxonachilikka ixtisoslashmoqda

Joylarda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyilida ish olib borilmoqda. Oq oltin mahallasi ahli uzoq yillardan buyon issiqxona qurib, limon, pomidor, bodring yetishtirish bilan shug‘ullanishadi. Ko‘k ota mahallasi fuqarolari esa uzum parvarishlashning hadisini olishgan. Shu sabab har ikkala mahalla shu ikki yo‘nalishga ixtisoslashtirildi.

“Ko‘kota”liklar ayni paytda hovlilar ichi hamda tashqarisiga tok qalamchalari o‘tqazishmoqda. Toklarni ko‘tarish uchun maxsus so‘rilar barpo etishyapti.

Oq oltin mahallasi fuqarolari esa yangidan qo‘shimcha issiqxonalar qurishmoqda.

Tuman hokimi va masʼullar aholi xonadonlarida bo‘lib, bu borada zarur tavsiyalar berishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM