HOKIM VA YОSHLAR O‘RTASIDA ILK BOR AUDIO SUHBAT O‘TKAZILDI

Bugun soat 20:00 dan soat 21:30 ga qadar telegram orqali ovozli suhbat o‘tkazildi.

Tuman hokimi bilan suhbatda 300 dan ortiq Narpaylik yoshlar ishtirok etdilar.

Ular orasida tumandan tashqarida – Samarqand, Jizzax shaharlarida, shu kabi Rossiya davlatida ishlayotgan hamda boshqa mintaqalarda taʼlim olayotgan Narpaylik yigit qizlar ham bor.

AUDIO suhbatda asosan bandlik, o‘quv markazini rivojlantirish, taʼlim krediti, yoshlar markazini tashkil qilishi masalalari haqida so‘z bordi.

Bundan tashqari Narpay futbolini rivojlantirish va boshqa masalalarda yoshlar o‘z takliflarini bildirdilar.

Suhbat jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Husan To‘xtayevlar ham ishtirok etishib, yoshlarning savollariga javob berdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM