OSHXONA VA DO‘KONLAR FAOLIYATI KO‘ZDAN KECHIRILDI

Avval xabar qilganimizdek, tumanda tashkil etilgan ishchi guruh aʼzolari hududlardagi umumiy ovqatlanish maskanlari faoliyatini o‘rganishmoqda.

Kuni kecha tuman hokimi, davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishchi guruh aʼzolari hamrohligida Oqtosh shahri hududidagi oshxona va do‘konlardagi holatni ko‘zdan kechirdilar.

Sanitariya holati, mijozlar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash yuzasidan oshxona egalari ogohlantirilgan bo‘lsa, masʼul rahbarlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatish borasida topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM