KO‘RGAZMA VA MAHORAT DARSI

Tuman hokimligi madaniyat bo‘limi hamda 13-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamkorligida “Besh muhim tashabbus” doirasida tasviriy sanʼat va haykaltaroshlik  yo‘nalishlarida ko‘rgazmalar, shu kabi  mahorat darslari tashkil etildi.

Kamoliddin Bexzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn institutining “Tasviriy sanʼat” fakulteti talabasi Maʼruf Pardayev haykaltaroshlik yo‘nalishidagi ilk saboqni ustozi Xojiakbar Sharipovdan olgan. Shu bois Maʼrufjon o‘zi taʼlim olgan musiqa va sanʼat maktabida mahorat darslarini o‘tyapti.

Asarlar ko‘rgazmasi va mahorat darslarida 100 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Ularning tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik yo‘nalishiga qiziqishlari ortmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM