Sport

KAMONDAN OTISH TO‘GARAGI OCHILDI

Tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabida Milliy gvardiyaning qo‘riqlash bo‘limi hamda tuman turizm va sport bo‘limi tashabbusi bilan kamondan o‘q otish to‘garagi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 iyundagi “Kamondan otish sport turini yana-da rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ochilgan to‘garak o‘zining birinchi qaldirg‘ochlarini qabul qildi. Murabbiy Zohidjon Mustafoyev rahbarligida mashg‘ulotlar boshlab yuborildi.

Bu sport turiga qiziqadigan o‘g‘il-qizlar to‘garak aʼzoligiga bemalol yozilishlari mumkin.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM