TABIIY GAZDAN O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN FOYDALANMANG!

Havo haroratining pasayishi natijasida xonadonlarni isitishga ehtiyoj ortmoqda. Tabiiy gaz bilan taʼminlangan hududlarga belgilangan meʼyorda gaz bosimi uzatilyapti ham. Biroq, aksariyat fuqarolar o‘zboshimchalik bilan gaz so‘rg‘ich moslamalaridan foydalanayotganliklari bois, bosim kamayib, ko‘pgina xonadonlarga gaz yetib bormayapti.  

“Narpaytumangaz” gaz taʼminoti korxonasi  tomonidan o‘tkazilgan nazorat davomida Islom shoir nomli mahallaning Mirsharopov ko‘chasidagi ayrim xonadonlarda shunday holat aniqlandi. Xodimlar o‘rnatilgan qo‘lbola gaz so‘rg‘ich nasoslarni musodara qildilar.

Shu kabi tabiiy gazdan qoidaga rioya etgan holda foydalanish lozimligi yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari o‘tkazildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM