HOKIM VA YОSHLAR UCHRASHUVI

Shu yilning 15 noyabrida tuman hokimi yoshlar bilan onlayn ovozli suhbat o‘tkazgan edi. Unda faol yoshlar bilan tuman hokimi uchrashuvini tashkil etish yuzasidan murojaatlar tushgandi. Ushbu murojaat ijrosini taʼminlash maqsadida bugun birinchi sektor shtabida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining taʼlim muassasalaridagi  sardorlari, Kamalak sardorlari, kelajak liderlarining tumandagi aʼzolari, iqtidorli yoshlar hamda yosh tadbirkorlar bilan tuman hokimining uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda yoshlar taʼlim sohasi, tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan o‘zlarining takliflarini bildirdilar. Shu kabi muammoli masalalarni hal etish borasida murojaat qilganlar ham bor.

Bundan tashqari, kelajakdagi rejalar, istiqbolli loyihalar haqida so‘z yuritildi. 

Uchrashuv so‘ngida faol yoshlar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM