QUVNOQ VA ZUKKO O‘QUVCHILAR

Tuman hokimligi madaniyat bo‘limi tomonidan umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi tashkil etildi. Bu gal 16,23,31,52-umumtaʼlim maktablari o‘quvchilaridan tarkib topgan jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Tanlovda o‘quvchilarning hazil-mutoyibaga boyligi, hozirjavobligi, sanʼat sohasidagi iqtidorlari namoyish etildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 3-umumtaʼlim maktabi jamoasi mutloq g‘olib, deb topildi.

G‘olib jamoa aʼzolari tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM