ABDUSAMAD BOBODAN HOL SO‘RALDI

Insonni ertaga qanday qismat kutayotgani yolg‘iz Yaratganga ayon. Bir paytlar to‘rt muchasi sog‘, tog‘ni ursa talqon qiladigan Navro‘z mahallasida yashovchi fuqaro Abdusamad Sanaqulovning ko‘zlari ojiz bo‘lib qoldi. Aksiga olib o‘g‘li Azizbek Sanaqulov ham nogiron. Ham ota, ham farzandning birinchi guruh nogironi ekanligi ayanchli hol albatta.

Tuman hokimi xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar muammolarini o‘rgangan paytda Abdusamad bobodan ham hol so‘ragandi. Uning yashash sharoiti, turmush tarzi o‘rganilib, uyini taʼmirlash borasida masʼullar bilan kengashib olingandi ham.

Bu uyning tom qismi to‘liq shifer qilindi. Ayni paytda eshik va deraza romlari yangilanib, xonalar ichi taʼmirlanmoqda.

Tuman hokimi Abdusamad boboning xonadonida olib borilayotgan taʼmirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Ota hamda o‘g‘ilning holidan xabar oldi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM