KO‘RGAZMALAR KO‘ZNI QUVONTIRADI

Tadbir doirasida umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan to‘garaklar aʼzolari hamda hunarmand yoshlarning qo‘l mehnati bilan yaratilgan buyumlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Yosh mo‘yqalam sohiblarining asarlari, zardo‘zlik, kashtachilik, milliy liboslar ko‘rgazmasi ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi.

Bundan tashqari, tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlari "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" tashkil etdilar. Bir qator yoshlar o‘zlariga mos ish o‘rinlari bilan taʼminlanishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM