TALABALAR YASHASh TARZI IJARA UYLARIDA O‘RGANILDI

Narpay tumanida Samarqand davlat chet tillar institutining xorijiy tillar fakulteti faoliyat yuritayotganidan xabaringiz bor. Bu yerda mamlakatimizning barcha viloyatidan 80 dan ortiq talabalar kelib tahsil olishmoqda. Eng qizig‘i bu talabalarning 75 dan ziyodi yurtimizning turli hududlaridan, yaʼni Xorazm, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Andijon va boshqa viloyatlardan.

Tuman hokimi va prokuror tegishli masʼullar ishtirokida institutda tahsil olayotgan talabalar ijara asosida istiqomat qiladigan xonadonlarda bo‘ldilar.

Talabalarning yashash sharoitilari, ularning muammolari o‘rganildi. Yoshlar tomonidan ilgari surilgan takliflar, murojaatlar ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

Shu kabi Narpayda ochilgan ilk institut talabalari bilan doimiy uchrashib turish hamda ular bilan hamkorlikda turli hamkorlik ishlarini amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM