KAMCHILIKLAR BARTARAF ETILMOQDA

Maʼlumki, tumanda tashqi reklamalarning O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni talablariga muvofiqligi bo‘yicha o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Bu galgi o‘rganish ishlari tuman hokimligi, davlat soliq inspeksiyasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasining masʼul xodimlari va Salovat mahallasi hamda "Mirbozor bozori” MChJ raislari hamkorligida "Mirbozor bozori”da olib borildi. Bozor hududini o‘rganish jarayonida qonun talablariga to‘g‘ri kelmaydigan tashqi reklamalar olib tashlandi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda  bartaraf etish yuzasidan ogohlantirishlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM