DARAXT KESDI VA JARIMAGA TORTILDI

Tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan olib borilgan nazorat reyd tadbirlari davomida “Tepa” mahallasida yashovchi fuqaro U.A. ariq yoqasidagi bir tup chinor daraxti yon shoxlarini kesib, ziyon yetkazganligi maʼlum bo‘ldi.

Ushbu holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismiga muvofiq bayonnoma rasmiylashtirildi. Bazaviy hisoblashning 5 barobari, yaʼni 1 million 350 ming so‘m miqdorida maʼmuriy jarima qo‘llanildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM