O‘LMAS QISHLOG‘IDA AHOLI YASHASH SHAROITI O‘RGANILDI

Tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida “Oq oltin” mahallasidagi O‘lmas qishlog‘ini yayov kezib, aholi xonadonlarida bo‘ldi. Xonadonlardagi umumiy ahvol, obodonlashtirish, tomorqadan foydalanish madaniyati, fuqarolar bandligi o‘rganildi.

Maʼlumot uchun taʼkidlash lozimki, qishloqda  287 ta xonadon mavjud bo‘lib, shundan 157 tasida issiqxona tashkil etilgan. 16 ta xonadon egasi chorvachilik bilan shug‘ullansa, yana 42 tasida parrandachilik yo‘lga qo‘yilgan.

Tuman hokimi masʼullar ishtirokida xonadon egalari bilan suhbatlasharkan, ularning istaklari, qaysi yo‘nalishda ish olib borish imkoniyatlarini o‘rgandi. Demak, 34 ta xonadonga issiqxona qurish, shu bilan birga hamma hovlida kamida 100 boshdan parranda boqilishi, tomorqalarda to‘qsonbosti ekinlar ekilishi, uzumchilikni yo‘lga qo‘yish lozimligi taʼkidlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM