HAMIDA YUSUPOVAGA KO‘KRAK NISHONI BERILDI

Samarqand shahrida Qishloq xo‘jalik xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda viloyatning barcha tumanlaridan soha xodimlari, yuqori hosildorlikka erishgan fermerlar va agrar tarmoqning boshqa fidoyilari ishtirok etdilar.

Viloyat hokimi E.Turdimov eng yaxshi natijalarga erishgan bir guruh soha fidoyilariga faxriy yorliqlar, ko‘krak nishonlari va esdalik sovg‘alari topshirdi. Ular orasida tumanimizda faoliyat yuritayotgan Hamida Yusupova nomli fermer xo‘jaligi raisi Hamida Yusupova ham bor. U “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM