TADBIRKORLAR VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Jasurbek Shodiyev sektor rahbarlari ishtirokida tadbirkorlar va fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi.

Birinchi sektor shtabida o‘tkazilgan qabulda tadbirkorlar tomonidan kredit, yer ajratish masalalarida murojaatlar tushgan bo‘lsa, sog‘ligini tiklashda amaliy ko‘mak, moddiy yordam, kadastr, bandlik masalalarida murojaat etgan fuqarolar ham bor.

Murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida masʼullarga yo‘naltirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM