YIL DAVOMIDA QANDAY XAYRLI ISHLAR QILINDI?

2021 yil davomida tumanimizda “Temir daftar”da turgan fuqarolar bandligini taʼminlash, o‘z-o‘zini band qilish maqsadida 469 nafar fuqarog 8 turdagi 1 148 mln.so‘mlik asbob-uskunalar manzilli yetkazib berildi.

Jumladan, 242 nafar fuqaroga (791,4 mln.so‘mlik) tikuv mashinkalari, 46 nafariga (42,9 mln.so‘mlik) payvandlash uskunasi, 104 nafariga (51,7 mln.so‘mlik) pishiriq pechlari, 4 nafariga (1,6 mln.so‘mlik) plastik quvurlarni payvandlash uskunasi, 46 nafariga (220,0 mln.so‘mlik) motokultivator, 2 nafariga (0,4 mln.so‘mlik) sartaroshlik anjomlari, 13 nafariga (11,2 mln.so‘mlik) duradgorlik asboblari, 12 nafariga (28,8 mln.so‘mlik) avtobil yuvish uskunasi (karcher) berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM