MAQSAD – YОSHLARNI VATANGA SADOQAT RUHIDA TARBIYALASH

Tumandagi umumtaʼlim maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbasarlari ishtirokida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda diniy ishlar qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasining tuman bo‘yicha bosh mutaxassisi Ravshan Valiulin, tuman bosh imom-xatibi Isomiddin Isayev va boshqalar mamlakatimizda yoshlarning taʼlim-tarbiyasiga qaratilayotgan eʼtibor, ayniqsa, ajdodlarimizdan qolgan boy maʼnaviy meros, bunyodkorlik g‘oyalari va ezgu taʼlimotlarni yoshlar ongiga singdirish, shu bilan birga ularni imon-eʼtiqodli, Vatanga sadoqat, olijanoblik ruhida tarbiyalash oliy maqsad ekanligi haqida so‘z yuritdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM