Ғазначилик бўлимининг вазифалари ва функциялари

Narpay tumani G‘aznachilik bo`limi davlat boshqaruv organi sifatida mahalliy byudjetning g‘azna ijrosini amalga oshirish Respublika byudjetida turuvchi byudjetdan mablag‘ oluvchilarga xizmat ko‘rsatishni, byudjetning g‘azna ijrosi jarayonida dastlabki va joriy nazoratni amalga oshirishni, hamda qonunchilikka muvofiq boshqa funktsiyalarni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ hisoblanadi. Davlat byudjeti g‘azna ijrosining asosiy printsiplari kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat.

Asosiy vazifalari

Narpay tumani G‘aznachilik bo`limi o‘z vazifalarini O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risidagi Qonunga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi "Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g‘risida Nizom”ga va Samarqand viloyati bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiradi. 

2015-2019 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM