HAMYONBOP YEMISH

“Narpay Zarif chorvasi” chorvachilik fermer xo‘jaligida gidroponika usulda, yaʼni bug‘doy o‘stirib, ko‘k massa orqali qoramollarni oziqlantirish yo‘lga qo‘yildi.

Buning uchun uncha katta hudud talab etilmaydi. Chorvadorlar bitta xonaning o‘zida maxsus moslamada qavat-qavat qilib ko‘k massa yetishtirishmoqda.

Ko‘k massa chorva mollarini ozuqaga bo‘lgan talabini qondirish va mahsuldorligini oshirishda juda qo‘l keladi. Bugungi kunda kunjara va boshqa yemishlar narxi oshib borayotgani sabab gidroponika usulida qoramollarni oziqlantirish anchagina arzonga tushadi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM