TUMAN KENGASHINING SESSIYASI

Tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining ellik to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini tuman hokimi Sherzod Rahmonov olib bordi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, kun tartibiga daxldor korxona, tashkilot masʼullari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Dastlab, tuman hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek Suyunovning “Tumanda 2022 yilning o‘tgan davrida hududiy investitsiya dasturi doirasida yangi ish o‘rinlari yaratilishi yuzasidan” hisoboti tinglandi.

Shundan so‘ng tumanda 2022 yilning o‘tgan davrida huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Akmal Hasanov hisobot berdi.

Shu kabi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i Jasur Boboqulovning aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi hisoboti eshitildi.

Sessiyada tashkiliy masala ham ko‘rilib, bunda xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha hududiy komissiyasi tashkil etildi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM