TUMAN KENGASHINING SESSIYASI

Tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining ellik oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini tuman hokimi Sherzod Rahmonov olib bordi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, kun tartibiga dahldor korxona, tashkilot masʼullari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Dastlab, tuman mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbari Feruz Iskandarovning tumanda “Temir daftar”da turgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

Shundan so‘ng aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Sherzod Parmonov hisobot berdi.

Sessiyada tumandagi bo‘sh turgan (vakant) 62-umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktorligiga munosib nomzod deputatlar tomonidan tanlab olindi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM