PROFILAKTIK SUHBAT

Har qanday jinoyatga jazo muqarrar. Tumanda sodir etilayotgan turli jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olishga qaratilgan ishlar yuzasidan joylarda aholi o‘rtasida profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.

Payshanba – profilaktika kuni munosabati bilan Salovat mahallasi faol fuqarolari ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazildi. Unda tuman hokimi, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdilar.

Shu kabi “Mirbozor bozori” MCHJ hududida sodir etilgan bezorilik jinoyati muhokama etildi.

Muhokamada so‘zga chiqqanlar o‘zaro janjallarning omili ichkilikbozlik ekanligi, bu kabi illatlarga qarshi kurashish lozimligi yuzasidan fikr bildirdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM