VETERINARIYA TUMANDAGI ENG QOLOQ TASHKILOT (MI?)

Tuman hokimligi ish rejasiga asosan tegishli ishchi guruh tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi faoliyatini atroflicha o‘rganib chiqishdi.

Bugun esa tuman hokimi rahbarligida veterinariya bo‘limida ishchi-xodimlari o‘rtasida ushbu o‘rganish natijalari muhokama etildi.

Ishchi guruh maʼlumotiga ko‘ra, keyingi paytlarda bo‘lim va joylardagi shaxobchalarda umuman obodonlashtirish ishlari yo‘lga qo‘yilmagan. Shu kabi ijro intizomi, hujjatlar bilan ishlashda palapartishlik kuzatilmoqda. Veterinariya xizmati yuzasidan aholi o‘rtasida ham noroziliklar vujudga kelgan.

Xodimlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda ularning faoliyatiga oid qo‘shimcha savollar berildi. Afsuski, masʼul xodim Zafar Qarshiyev va Tortuvli veterenariya punkti mudiri Ikrom Tursunov shu kabi bir qator xodimlar oddiy kunlik ish taqsimoti bo‘yicha bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar haqida to‘liq tushunchaga ega emasliklari oydinlashdi.

Muhokama davomida bir necha bor ogohlantirishlarga qaramasdan o‘z ishida loqaydlik bilan ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘ygan bo‘lim rahbari Islom Muhammadiyevni egallab turgan lavozimidan ozod etilish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Shuningdek, viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi bilan tumanda kelgusi haftada sohani kompleks o‘rganish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish borasida keng qamrovli ishlarni amalga oshirilish yuzasidan kelishib olindi.

Bo‘lim faoliyati tuman hokimligi, prokuratura, viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi nazoratiga olinadigan bo‘ldi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM