Mahallani yayov kezganda...

GUZARLAR GULZORGA AYLANSIN

Bugun hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi oldidan xonadonlar, ko‘cha va guzarlar, yo‘l yoqalari, qabriston hamda qadamjolar tartibga keltirilib, tozalanyapti.

Tuman hokimi galma-gal mahallalarni piyoda kezib, amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, shu kabi mahalla faoliyatiga oid hujjatlar, aholi murojaatlari bilan ishlash tartibini ko‘zdan kechirmoqda.

Bugungi manzil Qozikent mahallasi bo‘ldi.

Taʼkidlash joizki, mahalla ahlining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Ochiq byudjet” (openbudget.uz) axborot portaliga ichki yo‘llarni taʼmirlash bo‘yicha joylashtirgan taklifi g‘olib, topilib, 700 metrlik ichki yo‘lga asfalt yotqizildi. Shu kabi “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida yana 1, 8 kilometrlik ko‘cha asfaltlanishga tayyorlanmoqda.

Ko‘chalarni yoritish maqsadida hashar yo‘li bilan 100 dan ortiq tungi chiroqlar o‘rnatildi. Bundan tashqari, 1 milliard 800 million so‘m mablag‘ hisobiga 14 kilometr masofaga ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, aholi suv  bilan taʼminlandi.

Aholi xonadonlari, ko‘chalar yayov kezib chiqilgach, tuman hokimi obodonlashtirish borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar, ayniqsa, guzarlarda gulzorlar tashkil etish yuzasidan masʼullarga ko‘rsatmalar berdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM