BIR MAHALLADA IKKI OG‘UFURUSH

Giyohvandlik – inson umrining zavoli. Bu illat tufayli qanchadan qancha oilalar tanazzulga yuz tutmoqda. Yana qancha go‘daklar tug‘ma nogiron. Shu kabi giyohvandlik turli og‘ir jinoyatlarning doyasidir.

Yaqinda o‘tkazilgan “Qoradori – 2022” tezkor tadbiri davomida Xo‘jaqo‘rg‘on mahallasida bir emas, ikki nafar fuqaro o‘z xonadonida giyohvand modda tarkibiga kiruvchi “Kannabis” o‘simliklarini yetishtirayotganliklari aniqlangan. Har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi, albatta.

Payshanba – profilaktika kuni munosabati bilan aynan shu mahalla fuqarolari o‘rtasida ushbu jinoyatlar muhokama etildi.

Tuman hokimi, IIB boshlig‘i mamlakatimizda qonun ustuvorligi, har qanday jinoiy harakat jazosiz qolmasligi hamda bu kabi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va oqibatlari haqida so‘z yuritdilar.

Muhokamada so‘z olgan nuroniylar, faol fuqarolar ikki nafar mahalladoshlarining qilmishlari barcha uchun isnod keltirganligi, qo‘ni-qo‘shnining loqaydligi oqibatida shunday qabihlikka qo‘l urilgani, kelgusida ogohlik, sergaklikni yo‘qotmaslik lozimligi haqida to‘xtaldilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM