“USTOZLAR MILLIY FORUMI”

“Yoshlar” istirohat bog‘ida “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi. Forumda dastlab, tuman hokimi Sherzod Rahmonov 2021-2022 o‘quv yilida taʼlim sohasida erishilgan yutuqlar hamda yangi o‘quv yilida o‘qituvchilar oldida turgan dolzarb vazifalar yuzasidan maʼruza qildi.

Shuningdek, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Qo‘ldosh Saidov, tuman XTB mudiri Qilich Razzoqov va boshqalar taʼlim sifatini oshirish borasida so‘z yuritdilar.

Shu kabi faxriy pedagoglar, faol o‘qituvchilar o‘zlarining bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Forumda bir qator yutuqlarga erishgan o‘qituvchi va o‘quvchilarga “Faxriy yorliq” hamda esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM