AYOL – JAMIYAT GULTOJI

Ayol – jamiyat gultoji, deymiz. Biroq baʼzan xotin-qizlar tomonidan jinoyat yoki huquqbuzarliklarning sodir etilishi hollariga ham duch kelinmoqda.

Shu bois tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Marhabo Ochilova hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida Yangiobod mahallasida yashovchi xotin-qizlar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi. Unda otinoyilar, mahalla faollari ham qatnashdilar.

Davra suhbatida asosan, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchiliklarning oldini olish, oila turmush darajasida kelib chiqadigan salbiy holatlarni o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan so‘z bordi.

Shu kabi hududdagi notinch oilalar atroflicha o‘rganildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM