NUQSONLARNI BARTARAF ETISH LOZIM

Tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida soha vakillari vakolatlariga oid masalalar – joylardagi xizmat ko‘rsatish obyektlarining sanitariya holati, xodimlarning ishga bo‘lgan munosabati va boshqa masalalarga eʼtibor qaratildi.

Kuni kecha tuman hokimligida markaz rahbarlari hamda xodimlari o‘rtasida o‘rganishlar natijalari muhokama etildi.

Dastlab, joylarda soha vakillari tomonidan bartaraf etilish lozim bo‘lgan, biroq paysalga solingan ishlar aks etgan videolavha namoyish qilindi.

So‘ng tuman hokimi tomonidan maʼlumotnomada qayd etilgan nuqsonlar, xato-kamchiliklar o‘qib eshittirildi.

Muhokama so‘ngida ishga sovuqqonlik bilan yondoshgan bir necha xodimlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritildi. Shuningdek, aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga qatʼiy topshiriqlar berildi.

Aslida tozalikka eʼtibor qaratish faqat soha vakillarining emas, balki barchamizning asosiy vazifamiz ekanligini unutmaylik.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM