AHOLI MALAKALI MUTAXASSISLAR KO‘RIGIDAN O‘TDI

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya, endokrinologiya, travmatologiya va ortopidiya, kardiologiya, oftolmalogiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining Samarqand filiallari, shu kabi viloyat perinatal markazi, viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-klinikasining bir guruh malakali mutaxassislari tumanimizda bo‘ldilar.

Mutaxassislar chekka hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish va xavfli kasalliklarni erta aniqlash maqsadida Oq oltin oilaviy shifokorlar punktida Chaykal, Totkent va Oq oltin mahallalari aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.

Aniqlangan kasalliklar buyicha kerakli ambulator va statsionar davolanishga tavsiyalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM