“ZAKOVAT”DA “OLTIO‘G‘IL” G‘OLIB

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida “Zakovat” intellektual o‘yinining tuman bosqichi o‘tkazildi. 

“Bilimdonlar bahsi”da har bir sektorning g‘olib  jamoasi ishtirok etdi. Natijalarga ko‘ra,  Do‘stlik va Chorbog‘ mahallalari jamoalari ikkinchi hamda uchinchi o‘rinni egalladilar.

Oltio‘g‘il mahallasi jamoasi esa birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma  oldi.

Barcha ishtirokchilar tuman hokimligining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM