“Bir mahalla – bir mahsulot”

NARPAYDA YETISHTIRILGAN SABZI RESPUBLIKAMIZ BO‘YLAB XARID QILINMOQDA

Narpayliklarning sabzi yetishtirishda o‘z uslubi va tajribasi bor. Shu bois ularning  dovrug‘i respublikamizga yoyilgan.

Birinchi sektordagi Dedan, Ipak yo‘li va No‘g‘ay mahallalari ahli yetishtirgan sabzi mamlakatimizning barcha bozorlarida sotilyapti.  

Bu yerda sabzi yetishtirish shu darajada anʼanaga aylanganki, mahsulotni qayta ishlovchi va saqlovchi tadbirkorlik subyektlari ham vujudga kelmoqda.

Tadbirkor-dehqonlar bir mavsumda 15 ming tonnaga yaqin mahsulot yetishtirishadi.Hosilning asosiy qismi Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlariga yetkazib berilyapti. 

“Bir mahalla – bir  mahsulot” tamoyilida ish olib borayotgan tadbirkor-dehqonlar boshqa tuman va viloyatlardan ham yer olib, sabzi yetishtirishyapti. 

Tuman hokimi va sektor rahbarlari dehqonlar bilan uchrashdi. Suhbat davomida ularning muammo va takliflari o‘rganildi.

Tuman rahbari taklifi bilan yetishtirilgan hosilni boshqa davlatlarga ham eksport qilish rejasi ishlab chiqilmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM