“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shaxmat-shashka bo‘yicha musobaqaning viloyat bosqichi o‘tkazildi. Musobaqada Narpaylik yoshlar ham munosib ishtirok etdilar.
Shaxmat bo‘yicha bellashuvda Go‘zal Norbo‘tayeva, Ziyodullo Sayfullayevlar 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Murod Amirqulov mutlaq g‘olib, deb topildi.
Sportning shashka turi bo‘yicha bahslarda esa Shavkat Rahmonov 1-o‘rin sohibi bo‘ldi. Endilikda sportchilarimiz musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etadi.