TADBIRKORLAR MUAMMOLARI O‘RGANILDI

Tepa mahallasi hududidagi kichik sanoat zonasida yangidan ish boshlagan "Osiyo Maroqand" masʼuliyati cheklangan jamiyatida parrandalar uchun omuxta yem ishlab chiqarilmoqda. Shu kabi “Javlonbek o‘g‘li Murodbek" xususiy korxonasida esa turli mebellar, MDF eshik va deraza romlari tayyorlanadi.

Tuman hokimi tegishli mutasaddilar hamrohligida dastlab har ikkala ishlab chiqarish subyekti faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

So‘ng sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi.

Murojaatlar ijrosini taʼminlash yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM