KO‘P QAVATLI UYLAR ATROFI OBODONLASHTIRILYAPTI

Avval xabar berganimizdek, tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida Amir Temur va Islomobod mahallalaridagi ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan hozirlik, shu kabi xonadon egalarining muammolarini o‘rgangan edi.

Aholi tomonidan o‘rtaga tashlangan masalalarga yechim topish, muammolarni bartaraf etish yuzasidan bugun tegishli tashkilotlar ish olib borishmoqda.

Masalan, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari aholi xonadonlarida is gazidan zaharlanish, yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazishyapti.

Bundan tashqari, aholi tomonidan hashar uyushtirilib, hududlar obodonlashtirilmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM