TABIIY GAZ ISTEʼMOLCHILARI DIQQATIGA!

Muqimiy mahallasi orqali o‘tgan Oqtosh shahrini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi yer osti yuqori bosimli 325 mm diametrli gaz quvurini yer ustiga chiqarish ishlari deyarli yakunlandi.

Quvurni qayta ulash va gaz hisoblagich o‘rnatish ishlar davom etayotgani sabab ertaga – 22 noyabr kuni soat 8:00 dan 18:00 ga qadar Oqtosh shahriga tabiiy gaz uzatilishida vaqtincha uzilish kuzatiladi.

Noqulayliklar uchun “Narpaytumangaz” gaz taʼminoti korxonasi isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM