EʼTIBORSIZLIK QIMMATGA TUSHMASIN

Ijtimoiy soha obyektlari, aholi xonadonlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlashga jiddiy yondashish lozim. Kichikkina eʼtiborsizlik ham katta ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘lishi mumkinligini doimo yodda tutishimiz kerak.

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Umid Axrorov ishtirokida taʼlim muassasalari masʼullari, faol fuqarolar hamda sohaga oid tashkilotlar vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik suhbatda shu haqda so‘z yuritildi.

Suhbat davomida is gazi, havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish yuzasidan tushunchalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM