#Ayni_paytda

Jizzax viloyatining Forish tumanida Davlat boshqaruvi organi rahbarlari uchun maxsus yig‘in bo‘lib o‘tmoqda. Unda Samarqand viloyati hamda shahar va tumanlar hokimlari, ularning o‘rinbosarlari tarkibida tumanimiz hokimi Sherzod Rahmonov hamda Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Ilhom Qodirov ham ishtirok etyapti.

Besh kun davom etadigan yig‘in davomida davlat boshqaruv organlari rahbarlari jahon va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat bo‘yicha tahliliy maʼlumotlar, Qurolli Kuchlarni rivojlantirishda harbiy-maʼmuriy sektorlarning faoliyati va roli bilan bevosita ishtirok etgan holda tanishmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM