KENGASH AʼZOLARI NARPAYDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik Kengashining o‘nlab salohiyatli mutaxassislardan iborat aʼzolari tumanimizga tashrif buyurdilar.

Kengash aʼzolari dastlab, Ko‘k ota qadamjosida bo‘lishdi. U yerda jonliq qurbonlik keltirilib, qurʼon tilovat qilindi. 

So‘ng “Zarbdor Umid mashʼali” fermer xo‘jaligi dalasida fermerlar va qishloq xo‘jaligiga aloqador tashkilotlar vakillari uchun kuzgi shudgorlash agrotexnikalariga bag‘ishlangan seminarda ishtirok  etishdi.

Seminarda olim va mutaxassislar kuzgi shudgorning ahamiyati, ushbu eng muhim agrotexnik tadbirni sifatli bajarish haqida batafsil tushuncha berdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM