XAYRLI ISHGA HAMMA BOSH QO‘SHISHI KERAK

Xabaringiz bor, tuman hokimi sektor rahbarlari va korxona-tashkilotlar masʼullari bilan birga maxsus avtobusda hududlardagi masalalar, shu kabi aholi muammolarini o‘rganmoqda.

O‘rganishdan so‘ng o‘sha mahallalarda turli tashkilotlar vakillari o‘z yo‘nalishlarida bir qator ishlarni amalga oshirishyapti.

Biroq, xonadonlarni tartibga keltirish, ko‘chat o‘tqazish, to‘qsonbosdi ekinlar ekish, suv yo‘llarini tozalash kabi ishlarda hamma ham birdek faol emas.

Tuman hokimining sektor rahbarlari va tegishli masʼullar hamrohligida O‘zbekiston, Haqiqat, Yangiobod, Ravot olchin, Chaykal, Tepa, Toshko‘prik mahallalari maʼmuriyati, faollar va oqsoqollar bilan uchrashuvida aynan shu ishlarni jadallashtirish yuzasidan kelishib olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM