TUMAN HOKIMIGA QO‘MONDONLIKNING FAXRIY YORLIG‘I TOPSHIRILDI

Jizzax viloyatining Forish tumanida Davlat boshqaruvi organi rahbarlari uchun maxsus yig‘in bo‘lib o‘tgani, unda Samarqand viloyati hamda shahar va tumanlar hokimlari, ularning o‘rinbosarlari tarkibida tumanimiz hokimi Sherzod Rahmonov ham ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu yig‘in jarayonida faol ishtiroki hamda yuqori jonbozlik ko‘rsatgani uchun Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni A.Saidov imzosi bilan Narpay tumani hokimi Sherzod Rahmonov nomiga Faxriy yorliq yuborilgan.

Faxriy yorliqni tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i Ilhom Qodirov tantanali ravishda topshirdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM