QO‘SHALOQ XURSANDCHILIK

Shu kunga qadar Ipak yo‘li mahallasi o‘z binosiga ega emas edi. Bugun esa mahalla faollari, fuqarolarining quvonchlari cheksiz. Negaki bu mahallaga yangi maʼmuriy bino qurib berildi.

Mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qurilgan mahalla maskani shundoqqina M-37 xalqaro yo‘lining chetida ko‘rk to‘kib turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yillik tantanalari arafasida mahalla binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Boliyev, nuroniylar barchani qo‘shaloq xursandchilik bilan qizg‘in tabriklashdi.

Shuningdek, mahalla hududida ayni vaqtda yangi elektr tarmoqlari tortish, yo’llarni asfaltlash va ichimlik suvi tarmog’ini tortish ham jadal sur’atda olib borilayotgani yuzasidan mahalla oqsoqollari o’zlarining ijobiy fikrlarini bildirib o’tishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM