SHTAB FAOLIYATI NAZORATDA

Joylarda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan sektor va tashkilot rahbarlari hamda kuz-qish shtabi aʼzolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda har bir murojaatni chuqur tahlil etish, o‘rganish va muammolarni hal qilish chorasini ko‘rish, shu kabi elektr energiyasi, tabiiy gaz uzatilishida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish, tarmoqlarga noqonuniy ulanish hollariga chek qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, joriy haftada qilinishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishib olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM