“VATAN TAYANCHI” OTRYADI TANTANALI VAʼDA BERDI

Yurtboshimizning 2022 yil 2 martdagi “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, tumandagi umumtaʼlim maktablarida “Vatan tayanchi” otryadlari tashkil etildi.

Bugun esa harakat aʼzolarining tantanali vaʼda berish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, ishtirokchilar “Salomatlik yo‘lagi” bo‘ylab piyoda besh ming qadam yurdilar. So‘ng “Xotira maydoni”da to‘plandilar.

Marosimda tuman hokimi, sektor rahbarlari va markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari ham qatnashdilar.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangrab, motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Harakat aʼzolarining tantanali vaʼda berish marosimida harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, shu kabi qo‘l jangi mahorati namoyish qilindi.

Otryad aʼzolari vatanga sodiq bo‘lishga tantanali vaʼda berdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM