BIR HUDUDDA HAM YOSHLAR UCHRASHUVI, HAM SAYYOR QABUL

To‘rtinchi sektor rahbari – tuman DSI boshlig‘i Nurbek Razzoqov Nog‘oraxona va Narpay mahallalari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.  Qabul doirasida yoshlar bilan uchrashuv ham uyushtirildi.

Qabulda tuman IIB boshlig‘i Bahodir Rahmatov va boshqa tegishli mutasaddilar ishtirok etdilar.

Fuqarolar va yoshlardan tushgan simyog‘ochlarni yangilash, elektr energiyasi, ichimlik suvi, suyultirilgan gaz ballonlari ta’minotini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, davolanish uchun amaliy yordam, shu kabi boshqa turdagi murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM